1C · Integratsiya

1C bilan integratsiya: Yetar qanday ishlaydi

Yetar do‘koningizdagi 1C 8.3 bazasi ustida ishlaydi va uning o‘rnini bosmaydi. 1C serveriga kichik Yetar xizmati o‘rnatiladi: u tovarlar, shtrix-kodlar, narxlar, qoldiq, sotuv va yetkazuvchilarni o‘qiydi, telefonda bajarilgan kirim, yangi tovar kartasi va sanoqni esa 1C’ga o‘tkazilmagan qoralama qilib yozadi. Hujjatni 1C operatori tekshirib o‘tkazadi. Dalion va Shtrix-M konfiguratsiyalarida ishlaydi.

Yetar TSD bosh ekrani telefonda: «Kirim · qabul», «Muddat · yaroqlilik», «Yorliq · narx va shtrix-kod», «Yorliq · nakladnoy» va «Narxni tekshirish» bo‘limlari (namuna do‘kon ma’lumotlari)
Haqiqiy Yetar ekrani · ma’lumotlar namuna do‘kondan

Do‘konni 1C’ga ulash qanday o‘tadi

  1. Serverni o‘rganamiz

    Do‘kon egasining ruxsati bilan masofadan 1C serveriga ulanamiz va 1C versiyasi, konfiguratsiya va bazani aniqlaymiz. Bu bosqichda 1C’da hech narsa o‘zgartirilmaydi.

  2. Yetar xizmatini o‘rnatamiz

    1C serveriga kichik Yetar xizmati o‘rnatiladi, 1C’da «Yetar» nomli alohida foydalanuvchi ochiladi. Dalion’da bu foydalanuvchiga tovar kartasini yozish huquqi beriladi.

  3. Birinchi yuklash

    Xizmat katalog, shtrix-kodlar, narxlar, qoldiq, yetkazuvchilar va kirimlar tarixini o‘qiydi. Bazaning hajmiga qarab bu bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.

  4. Birinchi qoralama

    Birinchi kirim va yangi tovar kartasini 1C’ga yuboramiz va 1C operatori bilan birga 1C’da tekshiramiz. Shundan keyin xodimlarga telefon loginlari beriladi.

  5. Kuzatib boramiz

    Xizmat har bir-ikki daqiqada Yetar serveriga bog‘lanadi. Aloqa uzilsa yoki hujjat 1C’ga yetmasa, bu bizda ko‘rinadi va biz hal qilamiz.

Yetar 1C’dan qanday ma’lumotni o‘qiydi

Yetar 1C’ga tashqaridan ulanmaydi. Do‘kon serveridagi Yetar xizmati 1C’dan kerakli ma’lumotni o‘zi o‘qiydi va shifrlangan ulanish orqali Yetar serveriga yuboradi. Shuning uchun 1C serverini internetga ochish shart emas.

Telefon TSD shu nusxa bilan ishlaydi: qabulchi tovarni skanerlaganda uning nomi, 1C kodi, chakana narxi va 1C’dagi qoldig‘i darhol chiqadi. 1C’dagi o‘zgarishlar kun davomida muntazam o‘qiladi — do‘konga qarab har bir necha daqiqada yoki har soatda, har kecha esa ma’lumot to‘liq solishtiriladi.

  • Tovarlar katalogi (nomenklatura) va o‘lchov birliklari
  • Shtrix-kodlar
  • Chakana narxlar va yetkazuvchi narxlari
  • Ombordagi qoldiq
  • Sotuv: kassa cheklari va smena hisobotlari
  • Yetkazuvchilar (kontragentlar) va shartnomalar
  • Kirim, narx o‘zgarishi va sanoq hujjatlari
  • MXIK (IKPU) va qadoq kodlari

Xavfsizlik: Yetar 1C’da nimani qilmaydi

Yetar 1C o‘rnini bosmaydi: hisob, buxgalteriya va hujjatlarni o‘tkazish 1C’da va 1C operatorida qoladi. Yetar telefondagi ishni tayyor qoralamaga aylantiradi, shunda operator nakladnoyni qo‘lda termaydi, faqat tekshirib o‘tkazadi.

Yetar yaratgan har hujjatda muallif «Yetar» bo‘lib ko‘rinadi. Qaysi qoralama telefondan kelganini 1C jurnalida darhol ajratasiz.

  • Hujjatni o‘tkazmaydi va o‘tkazishni bekor qilmaydi
  • O‘tkazilgan hujjatlarni o‘zgartirmaydi
  • Hujjatlarni o‘chirmaydi: faqat o‘zi yaratgan, hali o‘tkazilmagan qoralamaga o‘chirish belgisini qo‘yishi mumkin
  • Bitta ishni 1C’ga ikki marta yozmaydi: har qoralamaning kaliti oldindan hisoblanadi
  • Ruxsat berilgan hujjat turlaridan boshqasiga yozmaydi
  • Kuniga yoziladigan hujjatlar soni cheklangan

Internet yoki 1C serveri o‘chsa nima bo‘ladi

Telefonlar Yetar serveri bilan ishlaydi, do‘kon serveri bilan emas. Do‘kon serveri o‘chsa yoki uning interneti uzilsa ham, xodimlar telefonda (mobil internet orqali) tovar qabulini davom ettiradi. Tayyor kirimlar Yetar navbatida kutadi va server qaytgach 1C’ga yoziladi. Bu vaqtda 1C’dagi yangi o‘zgarishlar Yetar’ga kelmaydi — ular server qaytgach o‘qiladi.

Agar 1C yozish paytida javob bermasa, Yetar hujjatni qayta yubormaydi. Avval 1C’da u yaratilgan-yaratilmaganini tekshiradi: yaratilgan bo‘lsa holatini yangilaydi, yaratilmagan bo‘lsa xato deb belgilaydi va hujjat qayta yuboriladi. Shu tartib 1C’da bitta hujjatning ikki nusxasi paydo bo‘lishidan saqlaydi.

Moslik jadvali: qaysi 1C va dasturlar bilan ishlaydi

Ro‘yxat 29.11.2026 holatini ko‘rsatadi. So‘nggi 14 kunda (15–28.11.2026) Yetar 18 do‘konda ishladi: 1C’ga 1 621 ta kirim qoralamasi yozildi va 1 422 ta yangi tovar kartasi yaratildi. «O‘qiydi» — Yetar ma’lumotni oladi; «yozadi» — 1C’ga qoralama yoki karta yozadi; «sinovda» — ulanish tayyor, lekin do‘konlarda hali ishlatilmayapti yoki tekshirilmoqda.

  • 1C 8.3 platformasi (do‘konlarda 8.3.10, 8.3.13 va 8.3.24), server va fayl bazasi — o‘qiydi, yozadi
  • Dalion UM PRO 1.2 — o‘qiydi; yozadi: kirim va yangi tovar kartasi; bitta do‘konda sanoq, narx akti, yetkazuvchiga qaytarish va RKO ham
  • Dalion UM PRO 2.0 — o‘qiydi; yozadi: kirim va yangi tovar kartasi; sanoq va narx akti — bittadan do‘konda
  • Dalion Trend 3.0 — o‘qiydi; yozadi: kirim qoralamasi (26.11.2026 dan, bitta do‘kon); yangi tovar kartasi — sinovda
  • Штрих-М «Торговое предприятие» 5.2 (fayl baza) — o‘qiydi; yozadi: kirim va yangi tovar kartasi (bitta do‘kon)
  • ePos kassa dasturi — o‘qiydi: kassa cheklari
  • Billz — sinovda: tovar, qoldiq va sotuvni o‘qiydi, yetkazuvchiga buyurtmani Billz’ga yozadi
  • Regos — sinovda: tovar, qoldiq va sotuvni o‘qiydi, yetkazuvchiga buyurtmani Regos’ga yozadi
  • Telegram — xabar yuboradi: yetkazuvchiga buyurtma va xodimlarga eslatma (Pro qatlami)
  • Excel — o‘qiydi: 1C ulanmagan bo‘lsa, tovar va sotuvni fayldan yuklash

1C’da nima paydo bo‘ladi va qaysi holatda

Kirim hujjati («Приходная накладная»)O‘tkazilmagan qoralama: yetkazuvchi, shartnoma, ombor, skanerlangan miqdor va narx. Hamma ulangan do‘konlarda. So‘nggi 14 kunda (15–28.11.2026) — 1 621 ta.
Yangi tovar kartasi1C’da yangi karta: nom, shtrix-kod, o‘lchov birligi, sozlamaga qarab MXIK va qadoq kodi. Hamma ulangan do‘konlarda, Dalion Trend’da sinovda. 14 kunda — 1 422 ta.
Sanoq («Инвентаризация товара», «Неполная» turi)Faqat sanalgan tovarlar bilan o‘tkazilmagan qoralama, sanalmagan tovarlarga tegilmaydi. Hozir ikki do‘konda.
Narx o‘zgarishi akti («Акт переоценки»)Mas’ul xodim tasdiqlagan yangi narxlar. Hozir ikki do‘konda; 14 kunda 173 ta akt o‘tkazildi — 1C operatori yoki do‘kon egasining qarori bilan 1C ichidagi ishlov tomonidan.
Yetkazuvchiga qaytarish va naqd chiqim orderi (RKO)Hozircha bitta do‘konda. RKO o‘tkazilmagan qoralama bo‘lib tushadi; qaytarishni egasining qarori bilan 1C ichidagi ishlov o‘tkazadi.

1C integratsiyasi bo‘yicha savollar

Yetar Dalion bilan ishlaydimi?

Ha. Dalion UM PRO 1.2 va 2.0 bazalarida Yetar tovar, narx, qoldiq va sotuvni o‘qiydi, kirim va yangi tovar kartasini 1C’ga yozadi; ba’zi do‘konlarda sanoq va narx akti ham yoziladi. Dalion Trend 3.0 da o‘qish va kirim qoralamasi 26.11.2026 dan ishlaydi, yangi tovar kartasi sinovda. Dalion’da Yetar foydalanuvchisiga tovar kartasini yozish huquqi kerak — uni ulash paytida biz sozlaymiz.

Yetar 1C’dagi hujjatni o‘zi o‘tkaza oladimi?

Yo‘q. Yetar hujjatni o‘tkazmaydi va o‘tkazishni bekor qilmaydi. Kirim, sanoq va RKO o‘tkazilmagan qoralama bo‘lib tushadi, ularni 1C operatori tekshirib o‘tkazadi. Istisno faqat do‘kon egasining qarori bilan bo‘ladi: ayrim do‘konlarda narx akti va yetkazuvchiga qaytarishni 1C ichida ochilgan alohida ishlov o‘tkazadi. Bunda ham 1C o‘z tekshiruvlarini bajaradi, xatoli hujjat o‘tkazilmay qoladi.

Tovar 1C’da bo‘lmasa, kirimni qanday qilamiz?

Qabulchi telefonda yangi tovarni ro‘yxatdan o‘tkazadi: shtrix-kodni skanerlaydi, nomini yozadi, tovar va yorlig‘ini suratga oladi. Yetar 1C’da yangi tovar kartasini yaratadi va kirim qoralamasiga aynan shu kartani qo‘yadi. So‘nggi 14 kunda (15–28.11.2026) shunday 1 422 ta karta 1C’da yaratildi. 1C operatori kartani keyin odatdagidek tahrirlashi mumkin.

MXIK (IKPU) kodi qanday tekshiriladi?

Do‘kon sozlamasiga qarab Yetar yangi kartaga MXIK va qadoq kodini taklif qiladi: shtrix-kod bo‘yicha milliy katalogdan (tasnif.soliq.uz) va do‘koningizdagi o‘xshash kartalardan. Kodni Yetar o‘ylab topmaydi, xodim tanlaydi. Yozishdan oldin kod 1C’ning o‘z MXIK katalogida borligi tekshiriladi: yo‘q bo‘lsa, karta yozilmaydi va telefonda sababi ko‘rsatiladi. Mavjud kartaga MXIK faqat maydon bo‘sh bo‘lsa yoziladi — bu hozircha bitta do‘konda.

1C serverini internetga ochish kerakmi?

Yo‘q. Aloqani do‘kon serveridagi Yetar xizmati o‘zi boshlaydi: har bir-ikki daqiqada Yetar serveriga shifrlangan ulanish bilan chiqib, yangi ish bormi deb so‘raydi. Tashqaridan 1C’ga hech kim ulanmaydi. Do‘kon tarmog‘i sozlamalarini o‘zgartirish kerak emas.

Yetar 1C litsenziyasini band qiladimi?

Qisqa vaqtga. 1C qoidasiga ko‘ra har bir tashqi ulanish bitta klient litsenziyasini oladi. Yetar xizmati so‘rov paytida bitta litsenziyani bir necha soniyadan bir-ikki daqiqagacha ishlatadi va bo‘shatadi; faqat birinchi to‘liq yuklashda u 10–30 daqiqa band turadi. Bo‘sh litsenziya bo‘lmasa, so‘rov keyingi safar takrorlanadi.

Bitta kirim 1C’ga ikki marta tushib qolmaydimi?

Yetar buning oldini oladi. Har qoralamaning kaliti oldindan hisoblanadi: shu hujjat qayta yuborilsa ham 1C’da nusxa paydo bo‘lmaydi. 1C javob bermasa, Yetar hujjatni qayta yozmaydi, avval 1C’da borligini tekshiradi. Shu yetkazuvchidan o‘xshash kirim 1C’ga qo‘lda kiritilgan bo‘lsa, Yetar dubl ehtimoli haqida ogohlantiradi.

Konfiguratsiyam ro‘yxatda bo‘lmasa nima qilamiz?

Avval faqat o‘qish rejimida tekshiramiz: konfiguratsiya nomi va versiyasi, qaysi ma’lumotlar ochiq, hujjatlar qanday tuzilgan. 1C’da hech narsa o‘zgartirilmaydi. Shundan keyin Yetar qaysi ma’lumotni o‘qiy olishi va qaysi hujjatlarni qoralama qilib yoza olishini ulashdan oldin aniq aytamiz. Dalion Trend aynan shu tartibda qo‘shilgan.

Boshlash

1C’ingizni birga tekshiramiz

Konfiguratsiyangizni ayting — ulashdan oldin qaysi hujjatlar 1C’ga qoralama bo‘lib tushishini aniq aytamiz. Namoyishda kirim telefondan 1C’ga qanday yetishini ko‘rsatamiz.

  • Demo bepul
  • 1C va bor dasturingiz o‘zgarmaydi
  • Savollaringizga jonli javob

Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning:

+998 99 831 75 75Telegram @Toxir757575

Do‘konlar soni

Raqamingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Reklama yubormaymiz. Maxfiylik siyosati