Do‘kon va supermarketlar uchun buyurtma va qoldiq tizimi Bo‘sh javon. Omborda qotgan pul. Ko‘z bilan buyurtma. Ikki kunlik sanoq. Daftardagi qarz. Yetar.

tovar yetadi · pul yetadi

Yetar — oziq-ovqat do‘konlari uchun buyurtma va qoldiq tizimi. U 1C va kassadagi sotuvni o‘qiydi, har bir tovardan qancha kerakligini o‘zi hisoblaydi va tayyor buyurtmani yetkazib beruvchiga Telegram orqali yuboradi. Javon bo‘shamaydi. Pul omborda qotmaydi.

1C · Billz · Regos · ePos bilan ishlaydi — hech narsani qayta kiritmaysiz

  • «Yana tugab qolibdimi?»
  • «Bu tovar nega uch oydan beri yotibdi?»
  • «Kimga qancha qarzmiz o‘zi?»
  • «Sanoq qachon tugaydi?»
  • «1C bir narsa deydi, javon boshqa»
  • «Men bo‘lmasam buyurtma ham ketmaydi»

Muammo

Pul ikki joyda jimgina yo‘qoladi: bo‘sh javonda va to‘la omborda

Xaridor keldi, tovar yo‘q — u qo‘shni do‘konga ketdi. Tovar bor, xaridor yo‘q — pulingiz qutida yotibdi, muddati esa o‘tib boryapti.

Ikkalasining sababi bitta: buyurtma hisob bilan emas, ko‘z va xotira bilan beriladi.

  • 8,3%Dunyo bo‘yicha o‘rtacha: javondagi har 12 tovardan bittasi yo‘q. [1]
  • 31%xaridor kerakli tovarni topmasa, boshqa do‘konga ketadi. [1]
  • 4%savdosini odatdagi do‘kon bo‘sh javon tufayli yo‘qotadi. [1]
  • $1,77 trlnBo‘sh javon va ortiqcha zaxira dunyo savdosiga bir yilda keltiradigan zarar. [2]

Bular — dunyo o‘rtachasi. O‘z do‘koningizdagi raqamni bilasizmi?

  1. Gruen, Corsten, Bharadwaj (2002): 29 mamlakat, 661 do‘kon, 71 000 xaridor
  2. IHL Group, «Inventory Distortion» tadqiqoti

KO‘RINMAS CHEK

Kassa chiqarmaydi. Lekin har oy to‘laysiz.

Shanba kuni tugagan non va sut
sotilmadi
«Yo‘q ekan» deb ketgan xaridor
qaytmadi
Uch oydan beri yotgan tovar
pul qotdi
Muddati o‘tgan mahsulot
chiqitga
Kechikkan to‘lov
ishonch ketdi
Ikki kunlik sanoq
savdo to‘xtadi

JAMIhech qayerda yozilmagan

Rahmat. Kelasi oy yana kutamiz.

Tovar yetadi. Pul yetadi. Taxmin — yetar.

«Yetar» — o‘zbekcha so‘z: ham «yetarli bo‘ladi», ham «bas, yetar!» degani.

Yechim

Yetar nima?

Yetar — O‘zbekistondagi oziq-ovqat do‘konlari, minimarketlar va supermarketlar uchun buyurtma va qoldiqni boshqarish platformasi. U do‘konning 1C bazasi yoki kassa dasturidan (Billz, Regos, ePos) sotuv, qoldiq va kirim ma’lumotini avtomatik oladi, har bir tovar bo‘yicha qancha buyurtma berish kerakligini har kuni hisoblaydi va tayyor buyurtmani yetkazib beruvchiga Telegram orqali yuboradi.

Bundan tashqari Yetar’da telefon kamerasi bilan inventarizatsiya va tovar qabuli, yetkazib beruvchilarga to‘lov kalendari, kassa jurnali va do‘kon egasi uchun kunlik «Bugun» paneli bor. Sanoq va kirim natijalari 1C’ga qoralama hujjat bo‘lib qaytadi — buxgalter qayta termaydi, faqat tekshirib o‘tkazadi.

Imkoniyatlar

Har bir og‘riqqa — bitta aniq yechim

Yetti vosita, bitta tizim. Hammasi bir-biri bilan gaplashadi.

Avtomatik buyurtma

Buyurtmani ko‘z emas, hisob beradi

Yetar har bir tovarning sotilish tezligi, qoldig‘i va yetkazib berish kunlarini biladi. Ertalab ro‘yxat tayyor: nima, kimdan, qancha. Siz ko‘rib tasdiqlaysiz.

Yetkazib beruvchilar

Bir tugma — buyurtma yetkazib beruvchida

Har bir yetkazib beruvchi o‘z buyurtmasini Telegram’da, PDF bilan oladi. Qo‘ng‘iroq, ovozli xabar va «eshitmadim» tugaydi.

Inventarizatsiya

Sanoq uchun do‘konni yopmang

Telefon kamerasi — skaner. Xodim javon bo‘ylab yuradi, shtrixkodni o‘qiydi, sonini yozadi. Qimmat TSD shart emas, natija 1C’ga qoralama bo‘lib tushadi.

1C bilan ikki tomonlama

Tovar keldi — 1C’ga qayta termaysiz

Xodim kelgan tovarni telefonda skanerlab qabul qiladi. 1C’ga kirim hujjati qoralama bo‘lib tushadi — buxgalter tekshirib o‘tkazadi. O‘tkazilgan hujjatlarga Yetar tegmaydi.

To‘lov kalendari

Kimga, qachon, qancha — bitta ekranda

Yetkazib beruvchilarga qarzlar va to‘lov kunlari kalendar bo‘lib turadi. Unutilgan to‘lov kutilmagan qo‘ng‘iroq bo‘lib qaytmaydi.

Kassa va «Bugun» paneli

Do‘konda bo‘lmasangiz ham, do‘kon ko‘z oldingizda

Bugungi savdo, kassa, qarzlar va sizning qaroringizni kutayotgan ishlar — bitta ekranda. Kassir kunlik kassani shu yerda yopadi.

AI yordamchi

So‘rang — javob beradi

Hisobot qidirmang. Savolni oddiy tilda yozing — yordamchi o‘z do‘koningiz ma’lumotidan javob topadi.

Ekranlardagi nomlar va raqamlar — namuna.

Qanday ishlaydi

Yetar qanday ishlaydi?

Uch qadam. Birinchisini biz qilamiz, ikkinchisini Yetar, uchinchisi — sizning qaroringiz.

  1. Ulaymiz

    1C yoki kassa dasturingizga ulanamiz. Tovarlar, sotuv va qoldiq o‘zi keladi — qo‘lda qayta kiritish yo‘q.

  2. Yetar hisoblaydi

    Har kuni sotuv va qoldiqdan yangi buyurtma tavsiyasi tayyorlanadi — har bir yetkazib beruvchi uchun alohida.

  3. Siz tasdiqlaysiz

    Ko‘rib chiqasiz, kerak bo‘lsa o‘zgartirasiz, yuborasiz. Qaror — sizniki, hisob-kitob — Yetarniki.

Farq

Yetarsiz va Yetar bilan: nima o‘zgaradi?

IshYetarsizYetar bilan
BuyurtmaKo‘z va xotira bilan, har kuni soatlabSotuv va qoldiqdan hisoblangan tayyor ro‘yxat
Yetkazib beruvchiQo‘ng‘iroq, ovozli xabar, daftarTelegram’da PDF buyurtma, tarixi saqlanadi
InventarizatsiyaQog‘oz yoki qimmat TSD, do‘kon yopiqTelefon kamerasi, bo‘lim-bo‘lim, savdo to‘xtamaydi
Tovar qabuliNakladnoy keyin 1C’ga qo‘lda teriladiTelefonda qabul, 1C’ga qoralama o‘zi tushadi
Qarz va to‘lovlarDaftar, Excel, xotiraTo‘lov kalendari: kimga, qachon, qancha
Do‘kon egasiDo‘konda bo‘lmasa — hech narsani bilmaydi«Bugun» paneli doim telefonda

Kimlar uchun

Do‘kondagi har bir odamning ishi yengillashadi

  • Egasi

    Do‘konda bo‘lmasangiz ham bugungi savdo, kassa va qarzlarni ko‘rasiz. Qaror sizniki, hisob-kitob — Yetarniki.

  • Xaridlar menejeri

    Ertalab ro‘yxat tayyor. Kuningiz qo‘ng‘iroqlarga emas, narx va assortimentga ketadi.

  • Omborchi

    Qabul va sanoq — telefonda. Qog‘oz, qayta terish va «kim yozgan edi?» yo‘q.

  • Kassir

    Kunlik kassa bir joyda: tushum, to‘lov, farq. Smena tinch yopiladi.

  • Buxgalter

    1C’ga tayyor qoralama keladi. Siz termaysiz — tekshirib o‘tkazasiz.

Integratsiyalar

Bor dasturingizni almashtirmaysiz — Yetar unga ulanadi

Yetar 1C o‘rnini bosmaydi. U 1C va kassa ustida ishlaydi: o‘qiydi, hisoblaydi, tayyor hujjatni qaytaradi.

  • 1C:Предприятие 8.3sotuv, qoldiq, kirim o‘qiladi · sanoq va kirim qoralama bo‘lib qaytadi
  • Billzkassa savdosi va qoldiq
  • Regoskassa savdosi, tovarlar va qoldiq
  • ePoskunlik savdo cheklari
  • Telegramyetkazib beruvchiga buyurtma, xodimlarga xabar
  • Exceltovar va savdoni fayldan yuklash

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Yetar nima?

Yetar — O‘zbekistondagi oziq-ovqat do‘konlari va supermarketlar uchun buyurtma va qoldiqni boshqarish platformasi. U 1C yoki kassa dasturidan sotuv va qoldiqni oladi, har kuni buyurtmani hisoblaydi va yetkazib beruvchiga Telegram orqali yuboradi. Telefon bilan inventarizatsiya, to‘lov kalendari va kassa jurnali ham shu tizimda.

Yetar kimlar uchun?

Oziq-ovqat sotadigan do‘konlar uchun: mahalla do‘koni, minimarket, supermarket va bir nechta filialli tarmoqlar. Yetar hozir faqat O‘zbekistondagi oziq-ovqat savdosiga moslab qurilgan.

Yetar 1C o‘rnini bosadimi?

Yo‘q. 1C hisob va buxgalteriya tizimi bo‘lib qoladi. Yetar uning ustida ishlaydi: 1C’dan sotuv, qoldiq va kirimni o‘qiydi, buyurtmani hisoblaydi, sanoq va kirim natijalarini 1C’ga o‘tkazilmagan qoralama hujjat qilib qaytaradi. O‘tkazilgan hujjatlarga Yetar tegmaydi.

Yetar qaysi dasturlar bilan ishlaydi?

1C:Предприятие 8.3, Billz, Regos va ePos bilan. Yetkazib beruvchilar bilan aloqa Telegram orqali. Integratsiya bo‘lmasa, tovar va savdoni Excel fayldan yuklash mumkin.

Buyurtma miqdori qanday hisoblanadi?

Yetar har bir tovarning o‘rtacha kunlik sotuvini oladi va uni yetkazib berish muddati hamda zaxira kunlariga ko‘paytirib, kerakli qoldiqni topadi. Javondagi qoldiq undan kam bo‘lsa, farq buyurtma ro‘yxatiga tushadi. Yakuniy qaror odamda: ro‘yxatni ko‘rasiz, o‘zgartirasiz, tasdiqlaysiz.

Inventarizatsiya uchun TSD sotib olish kerakmi?

Yo‘q. Oddiy smartfon yetarli: kamera shtrixkodni o‘qiydi, xodim sonini kiritadi. Sanoq tugagach, natija 1C’ga «Инвентаризация товара» qoralamasi bo‘lib tushadi.

Yetkazib beruvchi alohida dastur o‘rnatishi kerakmi?

Yo‘q. Yetkazib beruvchiga Telegram’ning o‘zi kifoya: buyurtma unga xabar va PDF fayl bo‘lib keladi.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Har bir do‘konning ma’lumoti boshqalaridan ma’lumotlar bazasi darajasida ajratilgan. Xodimlar faqat o‘z roliga tegishli bo‘limlarni ko‘radi, ulanishlar shifrlangan. 1C’ga Yetar faqat qoralama yozadi — hujjatni o‘tkazish buxgalterda qoladi.

Yetar qancha turadi va ulash qancha vaqt oladi?

Narx va muddat do‘konlar soniga hamda qaysi dastur bilan ishlashingizga bog‘liq. Demo so‘rang — do‘koningizni ko‘rib, aniq taklif va muddatni aytamiz.

Boshlash

Ertangi buyurtmani Yetar tayyorlasin

Raqamingizni qoldiring. Qisqa demoda Yetar sizning do‘koningizda qanday ishlashini ko‘rsatamiz.

  • Demo bepul
  • Bor dasturingiz o‘zgarmaydi
  • Savollaringizga jonli javob
Do‘konlar soni

Raqamingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Reklama yubormaymiz.